Qashqadaryoda bolalar liftda qamalib qoldi

Foto: FVV
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi koʻp qavatli uylarning biridagi liftda bolalar qamalib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 27-mart kuni soat 13:30 da viloyat FVBga Qarshi shahar “Navo” MFYda joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolgani, qurilma ichida 4 nafar yosh bola qolib ketgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, zudlik bilan aytilgan manzilga FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift eshiklarini ochib, bolalarni qutqargan hamda ota-onalariga sogʻ-omon topshirishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring