Qashqadaryoda 103 tup daraxt kesib tashlangani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Foto: Telegram
Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida 103 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlangan.

Joriy yilning 11-fevral kuni Koʻkdala tumani “Shoʻrquduq” mahallasi hududidagi yer maydonida fuqaro N.O. tomonidan yakka qator qilib ekilgan 103 tup koʻktol daraxti noqonuniy ravishda butunlay kesib tashlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovni tashkillashtirish uchun tuman IIBga yuborilgan.
Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring