Qashqadaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilmoqda
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Anvar Tuychiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni koʻkalamzorlashtirish, daraxtlar ekish va parvarishlash, “yashil belbogʻlar”ni barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, ishchi guruh Qarshi va Koʻkdala tumanlarida amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
Qarshi tumani “Kerayit” MFY hududida 1,0 gektar maydonda hamda Koʻkdala tumani “Beglamish” MFY hududida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan “Mening bogʻim” loyihasi doirasida 0,8 gektar maydonda “Yashil bogʻ” tashkil etilib, 1000 tupdan ortiq manzarali koʻchatlar parvarish qilinmoqda.
Koʻkdala tumanida Xitoy texnologiyasi asosida 26 ta zamonaviy tipdagi issiqxona tashkil etilib, hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos intensiv nihollar yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan.
Qarshi Koʻkdala yoʻnalishidagi yoʻlning har ikki tomonida jami 40 km masofada 80 ming dona har xil turdagi manzarali koʻchatlar ekilib, ihota daraxtzorlari barpo etilgan.
Daraxtzorlarni sugʻorish uchun 8 ta artezian quduq qazilib, 2000 m/kubli suv hovuzlari orqali tomchilab sugʻorish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Ishchi guruh koʻchatlarni agrotexnik talablarga mos ravishda ekish, ularni parvarishlash (sugʻorish), kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini toʻgʻri tashkil etishga qaratilgan kerakli tavsiyalar berdi.
Hududlardagi oʻrganishlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring