Qashqadaryo viloyatida 3,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish shoxobchasi aniqlandi

10:56 23 May 2023 Jamiyat
352 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “Oʻzneftgazinspeksiya”  va “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Gʻuzor tumanidagi “A.Sh.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish shoxobchasiga oʻrnatilgan hisoblash uskunasiga tashqaridan taʼsir oʻtkazishib, jami 3,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?