Qashqadaryo va Xorazm xorijiy kapitalni jalb qilish boʻyicha eng yomon natijani qayd etdi
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-mart holatiga Respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 15 ming 503 taga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1234 taga oshganini koʻrsatadi.
Hududlar kesimida eng koʻp xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ularning soni 10 ming 27 tani tashkil etmoqda. Bu esa mamlakat boʻyicha umumiy koʻrsatkichning yarmidan koʻprogʻini tashkil qiladi.
Toshkent viloyati 1859 ta xorijiy korxona bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Keyingi oʻrinlarda esa Samarqand viloyati (591 ta), Surxondaryo viloyati (533 ta) va Fargʻona viloyati (484 ta) joylashgan.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni eng kam hududlar qatorida Qashqadaryo (148 ta) va Xorazm (147 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi (160 ta) qayd etilgan. Bu hududlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda biznes muhitini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilishi mumkin.
Umuman olganda, Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sonining ortib borishi mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirib, iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring