Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga tushdi
Illyustrativ foto
Ikkita viloyatda noqonuniy valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan Gʻ.Sh. 3 500 AQSH dollarini fuqaro G.A.dan 44,1 million soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, undan yana 1 350 AQSH dollari, 27 540 Rossiya rubli va 9,9 million soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Boshqa bir holatda esa Departamentning Olot tumani tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan O.Yu. 3 600 AQSH dollarini fuqaro S.U.dan 45 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring