Qashqadaryo, Buxoro va Fargʻonada ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi

Uch viloyatda fuqarolarni ishga kiritib qoʻyish vaʼdasi bilan ularning ishonchiga kirib, pul talab qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “D.K.” AJ qoʻriqchisi M.A. fuqarolar S.U. va Yo.I.ning ishonchiga kirib, ularni ushbu korxonaga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi boʻlim hisobchisi Yu.H. fuqaro S.Z.ning ishonchiga kirib, uni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “Toshloqtumangaz” gazchisi M.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib fuqaro A.S.ni ushbu gaz taʼminoti korxonasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga muqaddam 1,7 mln soʻm va 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 640 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring