Qarshidagi televizor zavodida yirik yongʻin sodir boʻldi

11:27 21 Iyul 2024 Jamiyat
633 0

Qarshi shahrida joylashgan korxonaning ishlab chiqarish binosi yonib ketdi. Qashqadaryo viloyati FVB axborot xizmatining xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 18.00 larda Qarshi shahar FVBga “ALP TEXNO SERVIS” xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat taxminan 20:10 larda toʻliq oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida MCHJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar koʻrgan. Oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida binoning 1 500 metr kvadrat maydoni qismi yongʻindan asrab qolingan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер