Qarshida zamonaviy suv sporti saroyi qurilmoqda
Qarshi shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashkilotchiligida zamonaviy suv sporti saroyi barpo etilmoqda.
Loyiha qiymati 103 milliard soʻmni tashkil etayotgan mazkur majmua 2 gektar maydonni egallagan boʻlib, suv sporti ixlosmandlariga yilning toʻrt faslida ham birdek xizmat koʻrsatadi.

— Ushbu suv sporti saroyi toʻrtta 50x21 metr oʻlchamli suzish havzasi, 16x16 metr oʻlchamli balandlikdan sakrash havzasi hamda 2 ta 6x12 metrli bolalar uchun choʻmilish havzasidan iborat, — deydi quruvchi tashkilot vakili Akbar Burxonov. – Shuningdek, majmua maʼmuriyat boʻlimi, suzish havzasi uchun yordamchi hamda media xonalar, fitnes va majlislar zalini oʻz ichiga oladi.
Ayni paytda qurilish ishlari 70 foizga bajarilgan. Bu viloyatdagi suv sporti inshootlari ichida eng yirik va zamonaviysi boʻlishi kutilmoqda.
Jahongir BOYMURODOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring