Qarshida polshalik kardiojarroh bilan hamkorlikda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

Foto: Faxriddin Bozorov / Xalq so'zi
Polsha Respublikasi Kardiologlar jamiyati prezidenti, professor Robert Gil Julian Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida murakkab jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi.
-Bu amaliyotning muhim tomoni shundaki, murakkab koronar tomirlar, yaʼni kalsinatlashgan torayishlar va yopilgan tomirlarni rotablator uskunasi yordamida burgʻulab ochib, stentlash amaliyoti viloyatimizda ilk marotaba oʻtkazildi, - deydi filial direktori, tibbiyot fanlari doktori Nabijon Yoʻldoshev. – Rotablator kalsinatlashgan noelastik pilakcha (blyashka)larni daqiqasiga 160 000 aylanma tezlikda parchalab, yoʻl ochadi. Buning natijasida koronar tomirlarni mukammal stentlashga erishildi.
Filialda xorijlik malakali kardiojarrohlar ishtirokidagi bunday amaliyotlarni tashkil etish anʼanaga aylanib bormoqda. Shu paytgacha bu yerda Shveysariya, Rossiya, Gruziya va Armaniston singari davlatlarning nufuzli klinikalari shifokorlari mahorat darslari shaklida jarrohlik amaliyotlari oʻtkazgan edi
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring