Qarshida bir oilada toʻrt egizak qizaloq dunyoga keldi
Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova avvaldan 5 nafar qiz farzandni tarbiyalab kelayotgan boʻlgan. Yaqinda bu oilada yana toʻrt qizaloq dunyoga kelib, natijada xonadon 9 nafar qizli boʻlgan.
Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida kesarcha kesish yoʻli bilan dunyoga kelgan.
Qizaloqlar haqidagi maʼlumotlar quyidagicha:
- Birinchi qizaloq vazni 1400 gr, boʻyi 37 sm.
- Ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, boʻyi 38 sm.
- Uchinchi egizakning vazni 1600 gr, boʻyi 40 sm.
- Toʻrtinchisining vazni 1400 gr, boʻyi 37 sm.
Ayni paytda chaqaloqlar filialda xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarishlanmoqda. Shifokorlar ularning ahvoli barqarorligini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring