Qarshida 2 mingga yaqin yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlandi

12:24 25 Aprel 2025 Jamiyat
98 0

Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga chiqargan savdo doʻkoni aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Chiroqchi tumanidagi “L.X.” fermer xoʻjaligiga qarashli savdo doʻkonida tegishli hujjatlari boʻlmagan turli nomdagi qalbaki aksiz markali jami 1 931 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер