QarDU rektori «super kontrakt»ga tushgan qizning shartnoma pulini toʻlab berdi

Foto: “Xalq soʻzi”
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani Oʻrta qishlogʻida yashovchi Iroda Qarshiboyeva Qarshi davlat universitetining kimyo-biologiya fakultetiga hujjat topshirgan edi. Ammo talabalikka qabul qilish uchun yetarli ball toʻplay olmadi. «Super kontrakt» uchun 57 mln. 713 ming 490 soʻmlik shartnoma puliga oilani imkoni yetmasdi. Lekin Irodada oliygohda oʻqish istagi hammasidan ustunlik qilardi.
Bir ilinj — bu universitet rektori Dilmurod Nabiyevga uchrashish, juda oʻqigisi kelayotganini aytish edi. Ammo rektor uni qabul qiladimi? “Talab shu, pulini toʻlasangiz, oʻqiysiz”, desa nima deydi? U shunday oʻy-xayollar bilan rektorga uchrashdi.
«Qizim, orzuim ushaldi, deyavering...»
Iroda rektorning samimiyat bilan aytgan bu gapini tushida yoki oʻngida eshitganini farqlay olmay qoldi. Koʻzlaridan beixtiyor yosh oqdi. Rektorga qanday minnatdorlik bildirishni bilmasdi. Faqat u “Nahotki men talaba boʻldim? Bu xabarni tezroq onamga yetkazishim kerak”, der edi.
Qarshi davlat universiteti matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Iroda Qarshiboyeva shu yil 23-noyabr kuni universitetning kimyo-biologiya fakulteti 1-bosqichida oʻqishni boshladi. “Super-kontrakt” summasi OTM byudjetdan tashqari mablagʻ hisobidan toʻlab beriladigan boʻldi.
Eʼtiborlisi, joriy oʻquv yilida universitetning byudjetdan tashqari mablagʻi hisobidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da qayd etilgan oilalarning 50 nafar farzandiga kontrakt pullari toʻlab berildi.
Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi
- Samarqand shahri "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyor
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- “Aleksandr Usik, Entoni Joshua — ular bilan jangga tayyorman”: Bahodir Jalolov chempionlik jangi oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring