Qanday holatlarda koronavirusni qayta yuqtirganlik haqida taxmin qilish mumkin?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi:
— Sizda koronavirusning belgilari (haroratning oshishi, holsizlik, yoʻtal va h.k.) faol kuzatilgan holda shifokorga murojaat qilganingizda;
Koronavirusga chalingan inson bilan muloqotga kirishganingizda;
Barcha analizlar qayta yuqtirishni tasdiqlaganda, yaʼni PZR testda antigenlar normadan yuqori boʻlsa, bu titr infeksiyaning qayta yuqqanligi va faol fazada ekanini bildiradi.
Bu holda qayta yuqish holati qayd etiladi va statistikaga kiritiladi. Unutmaslik kerakki, bu yangi virus hamda organizmning unga birlamchi va ikkilamchi munosabati butun dunyoda hali toʻliq oʻrganilmagan. Shunday ekan, aholidan turli asossiz maʼlumotlarga ishonmaslikni va axborotni filtrlashni soʻraymiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring