“Qamchiq” dovonida “Spark” avtomobili xandaqqa tushib ketdi (+video)
"Qamchiq" dovonida “Spark” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat kecha, 16-iyul kuni soat 14:25 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida sodir boʻlgan.
Ushbu holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Murojaatga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, avtomobilda haydovchining oʻzi hamda 3 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring