Qamchiq dovonida rasmga tushmoqchi boʻlgan ikki kishi vafot etdi

16:28 09 Yanvar 2025 Jamiyat
375 0

8-yanvar kuni Qamchiq dovonida ikki nafar fuqaro qor uyumi bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” soʻroviga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Hodisa sodir boʻlgan hududda jami 8 kishi boʻlgan, ulardan biri zaxira yoʻlga oʻtib suratga tushayotgan vaqtda sirpanib, yiqilgan. Yordam bermoqchi boʻlgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustiga bir necha metrlik qor uyumi qulagan. Natijada ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Maʼlum boʻlishicha, holat Toshkent-Andijon-Oʻsh avtomobil yoʻlining 141-kilometrida sodir boʻlgan. Ushbu hudud zaxira yoʻl hisoblanib, faqat maxsus texnikalar uchun harakatlanish mumkin boʻlgan. FVV qutqaruvchilari sheriklari murojaatidan soʻng darhol voqea joyiga yetib borgan. Hodisa oqibatida vafot etgan ikki nafar shaxs 1993-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilganligi aniqlangan.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini, marhumlarning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlanganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер