“Qamchiq” dovonida “Isuzu” xandaqqa tushib ketdi
Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan “Qamchiq” dovonida xandaqqa tushib ketgan yuk avtomobiliga amaliy yordam koʻrsatildi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 22-dekabr kuni soat 04:30 da A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlangan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring