“Qamchiq” dovonida harakat qayta tiklandi

Foto: YHXX
“Qamchiq” dovonida maxsus oʻquv mashgʻulotlari yakunlanib, transportlarning harakati qayta tiklandi, deb xabar bermoqda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.
Qayd etilishicha, Mashgʻulotlar davomida IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati “Qamchiq” dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlangan.
“Blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollaridan aholi orasida asossiz sarosima keltirmaslik, oʻquv mashqlari davomidagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni notoʻgʻri talqin qilmaslik hamda rasmiy axborot manbalaridan oqilona va unumli foydalanishni soʻraymiz”, deyiladi YHXX xabarida.
Eslatib oʻtamiz, “Qamchiqavtoyoʻl” IYFK DM tomonidan maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazilishi munosabati bilan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtuvchi qismida (145-kilometrida) transport vositalarining harakati bugun soat 11:00 dan vaqtincha, qisqa muddatga cheklangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring