“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

15:11 07 Mart 2025 Jamiyat
223 0

Kuchli qor yogʻayotganligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.

Unga koʻra, joriy yilning 7-mart kuni soat 14:30 dan A-373 Xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Maxsus texnikalar yordamida dovon yoʻlini qordan tozalash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Transport vositalarining harakatiga ruxsat berilishi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер