Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi
Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli koʻrinishning pasayib ketishi (50 m) reyslarni qabul qilish va joʻnatishini cheklab qoʻydi. Shu sababli, ikkita reys muqobil aerodromlarga joʻnatildi.
Xususan, noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Ufa-Namangan yoʻnalishi boʻyicha HY9958 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da Toshkent aeroportiga qoʻndi. Shuningdek, Jazeera Airways aviakompaniyasining J9645 reysi (Quvayt — Namangan) ham poytaxt aeroportiga yoʻnaltirildi.
Koʻrinishning pastligi Red Wings WZ1127 (Yekaterinburg-Namangan) reysi kutish zonasiga yuborilishiga sabab boʻldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da belgilangan aeroportga qoʻnishi kerak edi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9825 (Namangan-Sochi) va HY9823 (Namangan-Ufa), shuningdek, Flydubai FZ781 (Dubay-Namangan) reyslari Namangan xalqaro aeroportida ob-havo yaxshilanguniga qadar kechiktirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring