Ikki hududda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi, DXX, Bojxona va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron tumani, “Olmaliq-Oxangaron-Toshkent” chorrahasida fuqaro B.M.ning boshqaruvidagi “Tracker-2” rusumli avtomashinasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, avtomashina salonida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar B.M., M.R. va V.R.ga tegishli respublika hududiga aylanma yoʻllar orqali oʻtkazish maqsadida olib kelingan 3 ming quti “Oris Change”, 2 ming 970 quti “Milano” va 465 quti “Esse Change” nomli jami 6 ming 435 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan U.M.nig “Spark” rusumli avtomashinasida 19 turdagi 2 ming 72 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring