Qaysi hokim oʻz maktablarida ilgʻor metodikalarni joriy qilish boʻyicha ishlayapti — Prezident

17:23 05 Aprel 2022 Siyosat
1198 0

Foto: president.uz

Hamma viloyatlarda Prezident maktablari ochildi, ularda zamonaviy ilgʻor metodikalar asosida taʼlim berilmoqda. Xususiy maktablarda ham bunday ilgʻor metodikalar joriy qilinayapti. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Savol tugʻiladi, qaysi hokim oʻz maktablarida ushbu ilgʻor metodikalarni joriy qilish boʻyicha ishlayapti? Afsuski, hozircha bunday tashabbuslar yoʻq!” dedi Prezident.

Shuningdek, respublika boʻyicha ayni paytda 120 ta maktab yuqori koeffitsiyentda ishlamoqda.

Bundan tashqari, koʻplab maktab filiallarining ahvoli mutlaqo bugungi kun talabiga javob bermaydi.

Maktablarni kompyuter bilan taʼminlash boʻyicha mablagʻlar ajratilgan boʻlsada, Qoraqalpogʻiston, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ishlar sust ketayotgani tanqid qilindi.

Olis va chekka hududlardagi hamda “ogʻir” sharoitdagi maktablarda taʼlim sifatini oshirish bilan bogʻliq ishlar qoniqarsizligi koʻrsatib oʻtildi.Qaysi hokim oʻz maktablarida ilgʻor metodikalarni joriy qilish boʻyicha ishlayapti — Prezident

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?