Qadimgi Rim imperiyasiga tegishli “yoʻqolgan” qishloqlar topildi
Arxeologlar shimoliy Isroildagi Abel-Bet-Maaxa qadimiy hududida noyob Rim davriga oid Tetrarxiya (Rim imperatori Diokletian tomonidan joriy etilgan boshqaruv tizimi – tahrir.) chegara toshini topdi. Ushbu tosh Rim imperatori Diokletian davrida yer soligʻi islohotlari doirasida yer chegaralarini belgilash uchun ishlatilgan boʻlib, u qadimiy yer egaligi, mahalliy aholi joylashuvi va Rim imperiyasining boshqaruv tizimi haqida qimmatli maʼlumot beradi. Toshdagi yozuvlar ilgari nomaʼlum boʻlgan ikkita joy nomini ochib beradi.
Qazishmalar Quddusdagi Ibroniy universitetining Arxeologiya instituti olimlari professor Naama Yaxalom-Mak va doktor Nava Panis-Koen, shuningdek, Azusa Pasifik universiteti professori Robert Mallins tomonidan olib borildi. Ushbu qadimiy hududdan topilgan bazalt toshi Rim davriga oid hududiy va maʼmuriy amaliyotlar haqida maʼlumot beradi.

Topilmaning oʻqilishini doktor Avner Eker va professor Uzi Leybner amalga oshirdi. Tosh Rim Tetrarxiyasi davrida yerlarni belgilash uchun ishlatilgan. Tetrarxiya tizim imperiyani ikki imperator va ikki kichik boshqaruvchi oʻrtasida boʻlishni nazarda tutgan.
Toshga oʻyib yozilgan yunoncha yozuvlar ikki ilgari nomaʼlum boʻlgan qishloq nomlarini ochib berdi: Tirtas va Golgol. Ushbu joylar XIX asrda Falastin hududini tadqiq qilishda qayd etilgan baʼzi qadimiy joylarga mos kelishi mumkin. Yozuvda ilk marta tilga olingan “senzor” — imperatorning yer soligʻini oʻlchovchi rasmiysi haqida ham maʼlumot keltirilgan. Bu topilma Diokletianning uchinchi asr oxiridagi yirik soliq islohotlari davridagi yer egaligi va joylashuv tizimlarining iqtisodiy ahamiyatini aks ettiradi.
Professor Uzi Leybner taʼkidlashicha, bu topilma Rim imperiyasining Tetrarxiya davridagi tartibga solish ishlari naqadar aniq va keng qamrovli boʻlganini koʻrsatadi. Doktor Avner Eker esa topilmaning joy nomlari va yangi rasmiy haqida maʼlumot berishi tufayli alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Ushbu chegara toshlari qadimiy aholi va ularning murakkab boshqaruv tizimi haqida koʻp narsalarni oʻrganishga imkon beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring