Putinning dastxati auksionda! U qanchaga sotildi?
Foto: www.google.com
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2001 yilda amerikashunos Valentin Zoringa yoʻllagan shaxsiy dastxati Moskvadagi kim oshdi savdosida 340 ming rublga sotildi, deya xabar berdi “12-stul auksion uyi” matbuot xizmati.
Bundan tashqari, auksionda “Taxtlar oʻyini” romanining muallifi yozuvchi Jorj Martinning rus nashrida qoldirgan kitobi 15 ming rublga, Sergey Shnurov imzolagan “Gruppirovka Leningrad” beysbolkasi 4200 rublga sotilgan.
Shuningdek, Astrid Lindgren, kosmonavtlar Yuriy Gagarin, Valentina Tereshkova va boshqalarning imzolari oʻz xaridorlarini topdi.
Taniqli rejissyor va ssenariy muallifi Andrey Tarkovskiy nomi bilan bogʻliq lotlar 160 dan 650 ming rublgacha narxlandi.
Gruziyalik rassom A. Rijinashvilining Andrey Tarkovskiy va Sergey Parajanov tomonidan 1981-yilda imzolangan katalogi 195 ming rublga sotildi, — deb qoʻshib qoʻydi auksion uyi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring