Putin Pxenyanda, Isroil va “Hizbulloh” mojarosi va YIning yangi shiori (+video)

Assalomu alaykum, xalqaro maydonda yuz berayotgan voqea va hodisalarning qisqacha sharhi “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining tahliliy-informatsion dasturida
Isroilning Livanga bostirib kirish rejasi maʼlum boʻldi
Isroil va Livan tarangligi kuchayib bormoqda. Oq uy vakili Amos Xoxshteyn AQSH Isroil va “Hizbulloh” oʻrtasidagi konfliktning urushga aylanib ketishini toʻxtatish uchun qattiq harakat qilayotganini bildirdi. Bu haqda Bayrutda qilgan chiqishida aytib oʻtgan.
Livanga tashrifi chogʻida Amos Xoxshteyn Gʻazoda oktyabr oyida boshlangan urushdan buyon kuchayib borayotgan mojaroni zudlik bilan hal qilishni taʼkidlab, “Hizbulloh” va Isroil soʻnggi sakkiz oy davomida Isroil—Livan chegarasidagi insidentlarning katta mojaroga aylanish xavfini oshirganini bildirdi.
Isroil kuchlari tomonidan “Hizbulloh” qoʻmondonlaridan biri oʻldirilganidan soʻng Isroil harbiy obyektlariga yuzlab raketa va uchuvchisiz uchoqlar otilgan edi. Xoxshteyn Livan parlamenti spikeri Nabih Berri bilan uchrashgandan soʻng, yanada kengroq urushga aylanishining oldini olish uchun “shoshilinch” deyeskalatsiya zarurligini aytib oʻtgan.
“Hizbulloh” Qurbon hayiti bayrami paytida hujumlarini toʻxtatib turdi, biroq shundan soʻng yana faollikka oʻtdi. Guruh, shuningdek, Hayfadagi Isroil harbiy obyektlari va asosiy infratuzilmalari aks etgan videoni tarqatib, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatmasa, hujumlarini davom ettirishlarini bildirgan.
Isroil Mudofaa vazirligining 18-iyundagi maʼlumotiga koʻra mamlakat armiyasining Livanga bostirib kirish boʻyicha tezkor rejasi eʼlon qilingan.
Xitoy yadroviy qurollar sonini oshirmoqda
Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) maʼlumotlariga koʻra, Xitoyning yadro qurollari zaxirasi tez surʼatlar bilan oʻsib, mamlakatda birinchi marta faol yadro kallaklarini joylashtirgan.
Tadqiqot hisob-kitoblariga koʻra, Xitoy oʻzining yadroviy arsenalini 2023-yilning yanvarida taxminan 410 ta jangovar kallakdan 2024-yilga kelib 500 taga yetkazgan. Bu oʻsish Pentagonning oktyabr oyida eʼlon qilgan hisob-kitoblariga mos keladi.
Xitoyning Tayvanga bostirib kirishi haqidagi daʼvolar kuchayayotgan bir paytda yadroviy faollik tashqi tomonning yordamini toʻsib qoʻyish uchun ishlatilishi mumkin. Hozircha Pekin ushbu yadroviy faolligini toʻla-toʻkis qilib izohlamagan.
Yevropa Ittifoqining yangi shiori
Vengriya Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiladigan olti oylik shiori sifatida “Yevropani yana buyuk qilaylik” deb eʼlon qildi. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, bu shior Donald Trampning 2016-yilgi AQSH prezidentlik kampaniyasidagi “Amerikani yana buyuk qilish” shiorining remeykidir. Vengriyaning Yevropa Ittifoqi ishlari boʻyicha vaziri Yanosh Bokaning tushuntirishicha, shior Yevropa Ittifoqidagi birlikning muhimligini taʼkidlab, alohida mamlakatlarga oʻzligini saqlab qolishga imkon berishdan iborat.
Jurnalistlar matbuot anjumani chogʻida Tramp shioriga oʻxshashlik haqida savollar berishdi. Boka, asosiy eʼtibor Tramp kampaniyasini takrorlashga emas, balki faol va kuchli prezidentlikka qaratilganini aytdi.
Vengriyaning “Yevropani yana buyuk qilish” shiorini qabul qilishi Bosh vazir Viktor Orban davridagi rossiyaparast pozitsiyasini hisobga olgan holda eʼtiborga molik qadamdir. Ushbu shiorni qabul qilish, shuningdek, Vengriya uchun diplomatik muvozanat muhimligini ifodalaydi.
Rossiya elchisi Ukrainadagi tinchlikning asosiy shartini aytdi
Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov Moskva Ukrainadagi urushni tugatish yoʻli sifatida koʻrayotgan loyihasini taqdim etdi. U “Newsweek” nashriga bergan bayonotida Gʻarbning mojaroni toʻxtatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini shunchaki “xayoliy istaklar” sifatida talqin qilgan.
“Yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan suhbat Oq uyning “imperatorlik” istagi va buyrugʻisiz oʻtkazilishi kerak. Qoʻshma Shtatlar oʻz irodasini barcha mamlakatlarga tatbiq etish uchun doimiy intilish befoyda ekanligini tan olish vaqti keldi. Koʻp qutblilik tomon oʻsib borayotgan siljishni endi toʻxtatib boʻlmasligini anglab yetish kerak”, degan Antonov.
Prezident Vladimir Putin yangi muzokaralarga tayyorligini bildirdi, biroq Rossiyaning hududiy daʼvolarini hurmat qilish kerakligini taʼkidladi. Ular orasida Qrim va boshqa mintaqalarning anneksiya qilinishi, Ukrainaning neytralligi va demilitarizatsiyasi ham bor.
Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga bordi
Rossiya Federatsiya prezidenti Vladimir Putin 18-iyun kuni tunda Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi. Bu uning 24 yil ichidagi ilk tashrifidir. Putinni shaxsan Kim Chin Inning oʻzi Pxenyan aeroportida kutib olgan.
19-iyun kuni Kim Ir Sen maydonida Vladimir Putinni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Tomonlar ikki tomonlama keng qamrovli sheriklik toʻgʻrisida yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Bu haqda qolgan tafsilotlarni “Xalq soʻzi”ning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida kuzatib boring.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring