Pulni xavfsiz saqlashmi yoki tez foyda olish: oltin va kumushning arzonlashi jahon bozorini shok holatiga soldi
Bugun, 2-fevral kuni jahon bozorida oltin va kumush narxlari eng past darajagacha tushib ketdi. Bu haqida BILD nashri maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, oltin narxi 6,3 foizga, kumush esa 11,9 foizgacha pastlagan. Ushbu qimmatbaho metallar narxining keskin qulashi jahon bozori uchun kutilmagan shok holatni keltirib chiqargan.
Xalqaro tahlilchilar oltin va kumush narxi pastlashiga AQSH prezidenti Donald Trampning Federal rezerv rahbarligiga moliyachi va huquqshunos Kevin Uorshni tayinlash taklifi sabab boʻlganini aytmoqda. Sababi Qoʻshma Shtatlar rahbarining mazkur taklifidan soʻng jahon bozorida qimmatbaho metallar narxining pasayishi kuzatila boshlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, Tramp tomonidan Federal rezerv rahbarligiga nomzod sifatida ilgari surilgan Kevin Uorsh inflyatsiyaga nisbatan qatʼiy pozitsiyasi bilan tanilgan. Bu esa jahon bozorida qimmatbaho metallar oldi-sotdisida kelajakdagi kutilmalarni soʻroq ostida qoldiradi.
Tahlilchilar fikricha, soʻnggi oylarda xaridorlar qimmatbaho metallarga mablagʻni xavfsiz saqlash vositasi emas, balki narxlar koʻtarilishi hisobiga tez foyda olish sifatida qaray boshlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring