PSJ “Barselona” futbolchisini sotib olmoqchi
Fransiyaning PSJ klubi “Barselona” futbolchisi Lamin Yamalni sotib olmoqchi. Bu haqda Championat.com nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Parij klubining keyingi ikki transfer bozoridagi asosiy maqsadi Lamin Yamal boʻladi. Jamoa ispaniyalik 18 yoshli futbolchi uchun 230 million yevro taklif qilmoqchi.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng qimmat xarid boʻladi. Maʼlumot uchun, hozirda bu boradagi eng yaxshi natija Neymarga tegishli — uning transferi uchun PSJ 222 million yevro sarflagan edi.
Eslatib oʻtamiz, Lamin Yamal “Barselona”ning asosiy jamoasida 2023-yildan beri faoliyat olib bormoqda. Futbolchi shu vaqtga qadar klub tarkibida 111 ta oʻyinda maydonga tushib, 27 gol urgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring