“PROlogue“ kinofestivalining hakamlar hayʼati tarkibidan bir qator kino yulduzlar oʻrin oldi
PROlogue IV xalqaro kinofestivali direksiyasi toʻliq va qisqa metrajli filmlar tanloviga hakamlik qiladigan xalqaro hakamlar hayʼati tarkibini eʼlon qildi. Ular orasida Rossiya, Germaniya, AQSH, Polsha, Shveysariya, Italiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning koʻzga koʻringan kino ijodkorlari bor.
Toʻliq metrajli filmlar tanlovining xalqaro hakamlar hayʼatiga mashhur teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti, koʻplab mukofotlar sohibi Sergey Shakurov rahbarlik qiladi. Qozogʻistondan rejissyor va ssenarist Rustam Abdrashev, teatr va kino aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev, rossiyalik postanovkachi operator Sergey Astaxov, AQSHdan kinofestival tashkilotchisi Piter Skarlett va polshalik rejissyor Kuba Chekay ham hakamlar hayʼati tarkibiga ham kirishdi.
Qisqa metrajli filmlar tanlovining hakamlar hayʼatiga taniqli oʻzbek rejissyori, koʻplab xalqaro kino festivallarining laureati Ayub Shahobiddinov rahbarlik qiladi. Uning boshchiligidagi hayʼat tarkibida prodyuser Fabio Kanepa (Italiya), aktyor Filipp Reynhartd (Shveysariya), postanovkachi operator Maks Tsui (Germaniya), kino eksperti va kinoshunos Gulbara Tolomushova (Qirgʻiziston) oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring