Prokuratura organlarining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi (+video)
Prokuratura organlari xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman boʻlimi boshligʻi hamda Bekobod shahar boʻlimi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MCHJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilib, hozirda jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudida koʻrilayotgan jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MCHJda oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni vaʼda qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvi oʻtkazish orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MCHJlarning norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming AQSH dollari olgani ham aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring