Professional armiya boshqaruvini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Bugun, 11-aprel kuni Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Professional armiya boshqaruvini rivojlanishida innovatsiyalar va raqamlashtirishning o‘rni” mavzusidagi VII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan ma’lum qilinishicha, konferensiya nazariy va amaliy qismlardan iborat bo‘lib, interaktivlikka alohida e’tibor qaratildi. Unda soha mutaxassislari, harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, kursantlar, tadqiqotchilar, ixtirochilar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda xalqaro diplomatik korpus vakillari, harbiy attashelar, mamlakatimiz kuch tuzilmalari mas’ullari, Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy qismi shubalarga bo‘lingan holda “Mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt rivojlanish tendensiyalari: muammo va yechimlari”, “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolari”, “Kadrlarni tayyorlashda raqamli va innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” hamda Qurolli Kuchlar tizimini raqamlashtirishda telekommunikatsiya, radioaloqa, radiolokasiya, simsiz texnologiyalar, havo hujumidan mudofaa hamda radioelektron razvedka va kurash tizimlarini rivojlantirish istiqbollari” yo‘nalishlarida o‘tkazildi.
Xususan, tadbirda “Mikro sun’iy yo‘ldoshni yaratish”, “Zamonaviy harbiy mojarolarda uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash va ularga qarshi kurashish usullari”, “DIG DATA muammolarini hal etish uchun unifikatsiyalashgan makonni shakllantirish”, “Dinamik harakatdagi universal aloqa majmuasini uzluksiz muqobil energiya bilan ta’minlashning usul va algoritmlari” kabi 20 dan ortiq mavzularda muhokamalar olib borildi.
Darhaqiqat, bugungi davr yurtimizda har jihatdan zamonaviy armiyani shakllantirish, unda eng so‘nggi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa vositalarini qo‘llash, shuningdek, ular bilan ishlay oladigan mutaxassislarni ko‘paytirish va tajribasini oshirib borishni talab etadi. Qolaversa, bu boradagi ixtiro va ishlanmalar, ilmiy tadqiqotlarni rag‘atlantirib borish soha rivojiga ulkan hissa qo‘shadi.
Konferensiya doirasida “KIBER SPORT”, “CTF”, “DRONREYSING” “ROBOTLAR JANGI” kabi musobaqalar ham o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar Qurolli Kuchlar tizimidagi innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring