Agrar universitetiga yangi rektor tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Narzullo Naimovich Oblomuradov Toshkent davlat agrar universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yilda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida Narzullo Oblomurodov 4,1 foiz (670 641) ovoz olgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Sevara Baxodirovna Shakirova Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qayd etish kerakki, Sevara Shakirova Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ingliz tili fani oʻqituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring