Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston yoshlari forumida hududlardagi isteʼdodli yoshlarga soʻz berilib, ularning taklif va fikrlarini tinglangan edi.
Xususan, uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi, “Mard oʻgʻlon” mukofoti sovrindori Sayfiddin Okanov ham ushbu uchrashuvda oʻz taklifi bildirgan, oʻzi yozgan sheʼrini oʻqib bergan edi. Shundan soʻng Prezident: “Bunday satrlarni yozish uchun vatanni sevish kerak”, deya Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator Sirojiddin Sayyidga Jizzaxga borib maʼlumot olib kelishini, bunday qalami bor yoshlarimiz davlatga juda kerakligini aytgan edi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash va viloyat ijodkorlari bilan uchrashish maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda uyushma aʼzoligiga qabul qilingan 12 nafar jizzaxlik ijodkorga guvohnomalar topshirildi. Ular orasida Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati boʻlimining “Sangzor mavjlari” toʻgaragi rahbari Sayfiddin Okanov, Zomin tumanidagi “Zomin bulbullari” toʻgaragi rahbari Abdugʻaffor Shodmonqulov, Sharof Rashidov tumanidagi “Isteʼdod gʻunchalari” toʻgaragi rahbari Abduxalil Sattorov ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Emlash roʻzani buzadimi? Fatvo hayʼati javob berdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring