Prezident yangi qonunni imzoladi
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnoma olgan paytdan yuzaga keladi.
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugaganidan keyin ularni rekultivatsiya qilish hamda kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish yuzasidan choralar koʻrish shart.
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalari Oʻzbekiston mulkidir, ulardan oqilona foydalanish lozim va ular davlat muhofazasidadir.
Qonunga koʻra, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bu boʻyicha tegishli ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma elektron auksion natijalaridan kelib chiqib Oʻzbekiston fuqarolariga va Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslarga Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yashirish ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini tugatish uchun asos boʻladi.
Shuningdek, qimmatbaho metallarni affinaj qilish boʻyicha faoliyat affinaj korxonalari tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini yasash boʻyicha faoliyat xabardor qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qazib olinayotganda, ishlab chiqarilayotganda, ulardan foydalanilayotganda hamda ular realizatsiya qilinayotganda hisobga olinishi shart.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring