Prezident yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida qaror imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [PQ-442-son, 17.12.2024-y.] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari oʻrtasida Oʻzbekistonga metrologiya sohasida texnik koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring