Prezident vazirlik va viloyat hokimlariga yoshlarning 43 foizi (6 milliondan ortiq) ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlashni topshirdi

Foto: president.uz
Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport taʼlimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda Sportni rivojlantirish vazirligiga:
— 279 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablaridagi shart-sharoitlar va trenerlarning malakasini joyiga borib oʻrganish hamda ularni olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish;
— har bir sport maktabini oʻz hududidagi mahalla, maktab va texnikumlar bilan bogʻlab, ularda kamida 1 tadan olimpiya sporti toʻgaraklarini tashkil etish;
— yil yakunigacha sportchilarni mahalladan boshlab tanlab olish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish;
— natija koʻrsatgan mahallalarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
— sport maktablarini tibbiy asbob-uskunalar, dori darmon va sport kiyimlari bilan taʼminlash uchun joriy yilda 35 milliard soʻm ajratish;
— 1-sentyabrgacha maktab, sport maktabi, kollej va oliygohlarning zallarini noolimpiya sport turlari klublariga bepul berish tartibini joriy etish topshiriqlari berildi.
Umuman, vazirlik va viloyat hokimlari yoshlarning 43 foizi (6 milliondan ortiq) ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrishi shartligi koʻrsatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring