Prezident tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yoʻnalishda tashabbuslarni bildirdi
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yoʻnalishda tashabbuslarni bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Birinchi yoʻnalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida yondashuvni belgilash.
Bunda, korxonalar yillik aylanmasi boʻyicha toifalarga ajratiladi. Bular:
— 1 milliard soʻmgacha boʻlgani – mikro biznes;
— 10 milliard soʻmgacha boʻlgani – kichik biznes;
— 100 milliard soʻmgacha boʻlgani oʻrta biznes toifasiga kiradi.
Shundan kelib chiqib 2023-yil 1-yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha boʻlgan stavkalari oʻrniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.
Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi.
Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million soʻm toʻlasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring