Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi navbatdagi sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Bosh konferensiyaning tarixiy sessiyasi qirq yil ichida birinchi marta YUNESKOning Parijdagi qarorgohidan tashqarida oʻtkazilmoqda. Bunday keng koʻlamli xalqaro forumning Samarqandda oʻtkazilishi Oʻzbekistonning tashkilot gʻoyalari va qadriyatlariga sodiqligi, shuningdek, tinchlik, oʻzaro anglashuv va barqaror taraqqiyot yoʻlidagi global muloqotni rivojlantirishga faol hissa qoʻshishga qatʼiy intilishining yorqin tasdigʻi boʻladi.
Ushbu muhim sessiya doirasida taʼlim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi asosiy masalalarni muhokama qilishga bagʻishlangan 150 dan ortiq turli shakldagi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bunday nufuzli xalqaro tadbir dunyoning eng qadimiy va ulugʻvor shaharlaridan birida tashkil etilgani oʻziga xos ramziy maʼnoga ega. Bu jahon hamjamiyatining Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak ishonchi, uning madaniyatlararo muloqot gʻoyalarini ilgari surish, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish borasidagi nufuzi hamda faolligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Tadbirda 200 dan ziyod davlat va xalqaro tashkilotlardan yuqori darajadagi delegatsiyalar, jumladan, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich, Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etadi.
YUNESKO Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasasi boʻlib, 1945-yilda taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yilda YUNESKOning toʻla huquqli aʼzosi boʻldi. 1996-yilda Toshkentda tashkilotning vakolatxonasi ochilgani mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan hamkorligi va koʻp qirrali sherikligini mustahkamlashda muhim bosqich boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring