Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan oʻzgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmasligini taʼkidladi. “Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar — korrupsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar”, dedi Prezident.
Joriy yilning oʻzida mamlakatimizda:
- taʼlim, bank, moliya, bojxona, qishloq xoʻjaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 100 ta dasturiy loyiha ishlab chiqildi;
- 500 dan ziyod yangi IT kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kirib keldi;
- yil yakuni bilan IT xizmatlari hajmi 10 trillion soʻmga yetishi (2022-yilga nisbatan – 1,5 barobar koʻp), eksporti esa 300 million dollardan oshishi (2 barobar) kutilmoqda.
Lekin sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish boʻyicha qilinadigan ishlar hali juda koʻp, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring