Prezident Shavkat Mirziyoyev “OTP Bank Group” direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv oʻtkazdi
Prezidentimiz “OTP Bank Group”ning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalarini olqishladi.
Rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “OTP Bank Group” direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Bankning mamlakatimiz bank-moliya bozoridagi faoliyati 2023-yildan buyon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlatimiz rahbari avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qoʻshma dasturlarni olqishladi.
Parrandachilik klasterini tashkil etish boʻyicha yirik loyihani tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Toshkent viloyatidagi sanoat parkida Vengriya kompaniyalari loyihalarini ilgari surish va qoʻllab-quvvatlash ustuvor yoʻnalish sifatida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring