Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentyabr kuni Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi.
Ushbu nufuzli global tuzilma bilan sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlarga yuksak baho berib, ortga qaytmas islohotlarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.
Jamgʻarma bilan makroiqtisodiy siyosat, byudjet va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish sohalarida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mutaxassislarimiz XVJ markazlarida muntazam ravishda malaka oshirish dasturlaridan oʻtmoqda. Joriy yilda mamlakatimiz moliya sohasining barqarorligi birgalikda baholandi va “yoʻl xaritasi” qabul qilindi.
Uchrashuv davomida pul-kredit va fiskal siyosatni rivojlantirish, statistika tizimini transformatsiya qilish boʻyicha jamgʻarmaning ekspertlik koʻmagini davom ettirish, shuningdek, iqtisodiy idoralar xodimlari uchun oʻquv dasturlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring