Prezident Shavkat Mirziyoyev “Anglesey Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatining mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazi faoliyatini borib koʻrdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Anglesey Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatining mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazi faoliyatini ham borib koʻrdi.
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi hududida tashkil etilgan mazkur korxona “Korzinka” doʻkonlar tarmogʻi uchun mahsulotlarni saqlash, saralash va qadoqlash xizmatlarini koʻrsatadi.
Korxona 10 gektar maydonda joylashgan boʻlib, 49 ming kvadrat metr hududiga ombor joylashtirilgan. Qurilish materiallari va muzlatkich kameralar uchun jihozlar Xitoy, Turkiya, Belarus va Rossiya davlatlaridan olib kelingan, barchasi “EDGE Advanced” xalqaro sertifikatiga ega.
Ushbu loyiha Markaziy Osiyodagi “A” sinfiga kiruvchi eng yirik taqsimot markazi hisoblanadi. Bir vaqtning oʻzida 145 ta darvozada tekislovchi moslamalar yuklash hamda yukni tushirish imkoniga ega.
Markazda 4 xil haroratli hudud mavjud. Shu bois, mahsulotlar turiga qarab muzlatkichda, past haroratli sovitish kameralarida hamda quruq joyda saqlanadi.
Shuningdek, markazda tunu kun ishlovchi 96 ta sinov usuliga ega maxsus laboratoriya barpo etiladi. 1 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Tanishuv yakunida boʻlib oʻtgan jamoatchilik vakillari bilan muloqotda oqilona iqtisodiy siyosat va investorlarning bunga ishonchi haqida soʻz yuritildi.
- Soʻnggi sakkiz yilda 130 milliard dollarlik xorijiy investitsiya kirib keldi, bu qanchadan qancha zavod va korxonalarga aylandi. Bugun ham yana bir katta loyiha - yangi xalqaro aeroport qurilishini boshladik. Unga Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Koreya investitsiya kirityapti. Bu oʻz oʻzidan boʻlmaydi. Bu - mamlakatimiz kelajagiga boʻlgan katta ishonch belgisi, - deya taʼkidladi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring