Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj

22:11 30 Sentyabr 2024 Siyosat
587 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.

Har bir rivojlangan mamlakat kabi O‘zbekiston ham o‘z taraqqiyotini ta’limga asoslanib qurmoqda. Bu sohada chuqur islohotlar, katta-katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda eng muhim bo‘g‘in, yoshlar siyosatining poydevori – boshlang‘ich va umumiy ta’limdir.

Yurtimizda 37 mingdan ziyod bolalar bog‘chasi, 10 mingdan ortiq maktab bor. Joylarda yana yangilari qurilmoqda. Lekin bu maqsadning bir qismi. Eng asosiy masala – ta’lim sifati.

Shu bois pedagog va mutaxassislar malakasi doimiy oshirib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 iyunda qabul qilingan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir qarori bu tizimni yangi bosqichga ko‘tardi.

Jumladan, shu sohadagi institut A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga aylantirildi. Mavjud majmua kapital ta’mirlanib, ikkita qo‘shimcha bino qurildi, barchasi zamonaviy jihozlandi. Tinglovchilar o‘rni ham, yo‘nalishlar ham ko‘paydi. Eng muhimi, malaka tizimi mazmunan boyidi.

Institut bundan 90 yil oldin, 1934 yilda ochilgan. Shunga bag‘ishlab, bu yerda muzey tashkil etilgan. Unda jadid bobolarimizning ilmga e’tibori, Abdulla Avloniy asos solgan maorif tizimi, o‘sha davrdagi darsliklar va sahna asarlari, umumiy ta’limning rivojlanish bosqichlari aks etgan. Sun’iy intellekt yordamida ma’rifatparvar jadidlar qiyofasi gavdalantirilgan. Shu yerda qariyb 88 ming kitob fondiga ega kutubxona ham bor. Davlatimiz rahbari ushbu muzey va kutubxonani ko‘zdan kechirdi.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?