Prezident Sharof Rashidov tumanidagi “Agromarkaz” qishloq xoʻjaligi korxonalari majmuasida boʻldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi “Agromarkaz” qishloq xoʻjaligi korxonalari majmuasida ham boʻldi.
Yurtimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sohada imkoniyatlar kengayib, hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joylarda agromarkazlar tashkil qilinib, fermer va dehqonlarga kompleks xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ham ana shunday markaz faoliyat boshladi.
Markazda oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi, veterinariya dorixonasi, agronom maslahati, urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish, aholi xonadonlariga issiqxonalar qurish, agromarket doʻkoni, mini-texnikalar sotish va ularga xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlar mavjud.
Bu yerda qishloq xoʻjaligi boʻyicha barcha xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyilgan. Bir gektar joyni qamragan markazning birinchi qavatida oʻsimliklar himoya vositalari doʻkoni, veterinariya dorixonasi, urugʻ doʻkoni, agromarket, mobil brigada xonalari va 8 ta boshqa xizmat xonasi joylashgan.
Ikkinchi qavatda oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi mavjud. Shuningdek, tuproq va suv tahlili xonasi, entomologiya hamda fitopatologiya xonalari tashkil etilgan.
Markaz hududida viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi boʻlimi, agroinspeksiya, urugʻchilik markazi, qorakoʻlchilik uyushmasi hamda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar joylashgan.
Davlatimiz rahbari agromarkaz faoliyati bilan tanishdi, markaz faoliyatini yanada kengaytirish, mijozlar uchun xizmatlarni koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha tavsiyalarini berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring