Prezident saylovida qancha mahkum ovoz berishi maʼlum qilindi
Joriy yilgi Prezident saylovida ilk bor uncha ogʻir boʻlmagan yoki ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar ham qatnashishi mumkin.
Xususan, bugun qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylovda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan 8 203 nafar saylovchilar ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Saylov qonunchiligiga koʻra, saylovga 60 kun qolganda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi saylovchilarning ovoz berishi uchun jami 18 ta saylov uchastkalari tashkil etildi.
Mazkur saylov jarayonlarida nomzodlar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etish huquqiga ega va ular toʻsiqsiz ichkariga qoʻyiladi.
Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalaridagi saylovchilarning ovoz berish huquqi toʻliq taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring