Prezident Roʻza Qoʻziyevaning kumush medalni qoʻlga kiritgani haqida gapirdi

17:59 13 Sentyabr 2024 Siyosat
563 0

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv oʻtkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Uchrashuvda prezidentimiz oʻyinlarda erishilgan rekord natijalarga urgʻu berdi.

Afsonaviy sportchimiz Husniddin Norbekov mamlakatimiz tarixida birinchi marta uch karra Paralimpiya chempioni boʻlgani, shu bilan birga yangi rekord oʻrnatgani alohida taʼkidlandi.

Pahlavon oʻgʻlonlarimiz Bobirjon Omonov va Sherzod Namozov yadro uloqtirish va dzyudo boʻyicha ikkinchi bor oltin medallarni qoʻlga kiritdilar. Bobirjon esa paralimpiya rekordini ham yangiladi.

“Ayni vaqtda yuksak matonatli qizlarimiz ham Oʻzbekiston gʻalabasiga munosib hissa qoʻshganlari toʻgʻrisida har qancha gʻurur va iftixor bilan gapirsak arziydi, albatta.

Jamoamiz qoʻlga kiritgan medallarning 11 tasi aynan qizlarimiz hisobiga yozilgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi”, dedi davlat rahbari.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash, Nurxon Qurbonova esa nayza uloqtirish boʻyicha Paralimpiya chempionlari boʻlgani qatorida jahon miqyosidagi rekordlarni ham yangilaganiga qoyil qolmaslikning iloji yoʻq.

15 yashar Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medalni qoʻlga kiritib, Paralimpiya oʻyinlaridagi eng yosh sovrindor sifatida tarixga kirgani ham alohida taʼkidlandi.

Mohir sportchimiz Tolibboy Yoʻldoshev ham biryoʻla ikkita marrani zabt etgani, ikki karra paralimpiya chempioni Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish boʻyicha Osiyo rekordini yangilagani qayd etildi.

Prezident Qudratilloxon Maʼrufxoʻjayev, Elbek Sultonov, Asadbek Toshtemirov, Sherzod Namozov kabi oʻgʻlonlarimizni ham oltin medallar bilan yana bir bor chin yurakdan qutladi.

Poʻlat irodali qizimiz Roʻza Qoʻziyeva pauerlifting boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgani, aslida bu oltinga teng gʻalaba ekanini butun dunyo tan olgani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер