Prezident respublikadagi farmzonalar faoliyatini tanqid qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Respublikadagi 13 mingdan ziyod dorixonalar tomonidan oʻtgan yili 24 trillion soʻmlik dori vositalari sotilgan. Bundan tashqari, davlat xaridlari orqali yiliga 5 trillion soʻmlik farmatsevtika mahsulotlari olinmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Hududlardagi masʼullar qaysi doriga qancha talab borligini, uning qanchasi import boʻlayotganini hisob-kitob qilmagani, ishlab chiqaruvchi va importchilar bilan uchrashib, zarur dorilarni mahalliylashtirish masalasini oʻrganib koʻrmaganiga eʼtiroz bildirildi.
Yurtimizda jami 58 ta farmatsevtika korxonasi 2,5 ming turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.
Formulasi oddiy, ishlab chiqarish uncha murakkab boʻlmagan ibuprofen, paratsetamol, diklofenak kabi ogʻriq qoldiruvchi dorilarni oʻzimizdagi 20 dan ortiq farmatsevtika korxonalari ishlab chiqarmoqda.
Xuddi shu kabi, ortiqcha sertifikat talab qilmaydigan qon koʻpaytiradigan kaliy, kalsiy, temir, sink, magniy, yod, vitamin B, C va D kabi oddiy biologik faol moddalarni ham tegishli sifat talablari va standartlarga qatʼiy rioya qilgan holda oʻzimizda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Respublika boʻyicha jami 136 gektar maydonda 5 ta farmatsevtika zonasi tashkil qilinib, infratuzilma bilan bogʻliq barcha masalalar hal qilib berilgan.
Lekin ayrim viloyat hokimlari, ularning investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari farmatsevtika loyihalarini oʻz holiga tashlab qoʻygani tanqid qilindi.
Misol uchun, 25 gektardagi Jizzax farmzonasida oʻtgan yili umuman dori ishlab chiqarilmagan. Yoki Boʻstonliq farmzonasidagi 14 gektar yer 2017-yildan beri boʻsh turibdi.
Oʻtgan yili Jizzax va Samarqandda birorta ham loyiha ishga tushmagan boʻlsa, Buxoroda atigi 200 ming, Xorazmda 2 million dollarlik bittadan loyiha boʻlgan, xolos.
Hokimlar yangi loyihalarni koʻpaytirish u yoqda tursin, bor quvvatlarni ham ishlata olmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Oʻtgan yili respublikadagi 96 ta korxonaning aylanmasi 312 milliard soʻmga pasaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring