Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari soʻnggi uch yilda 250 ming gektar paxta va gʻalla yeri oziq-ovqat yetishtirishga berilgani, 160 ming gektar yangi bogʻ va tokzor barpo etilgani, eskirgan 107 ming gektari yangilangani, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi ishga tushganini taʼkidladi.
Bundan tashqari, 100 ming tonna saqlash, 70 ming tonna quritish, 46 ming tonna saralash va qadoqlash quvvatlari yaratildi.
Qishloq xoʻjaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda eʼtirof etilmoqda. Shu oyda Oʻzbekiston Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Kengashi aʼzoligiga saylandi.
“Bu milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablagʻ jalb qilishda biz uchun katta imkoniyat”, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring