Prezident raisligida Navoiy infratuzilmasi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi

14:34 01 Noyabr 2024 Siyosat
302 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyati infratuzilmasi bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi.

Masalan, Zarafshon shahri aholisi 2-3-yilda 100 mingdan oshadi. Shu bois, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida jami 200 ming aholi yashaydi. Ular Toshkent shahriga kelish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga boradi. Keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayapti.

Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport esa hozirda ishlamayapti. Ushbu aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.

Masʼullar oldiga ijtimoiy infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlarini qish mavsumiga sifatli tayyorlash, kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi qoʻyildi.

Mutasaddilarga ayollarni kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlashni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yigʻilish davomida kompleks va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер