Prezident qarori bilan “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” koʻrik-tanlovi tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflarga moslashuvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” koʻrik-tanlovi tashkil etiladi.
Maʼlum qilinishicha, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash doirasida sohaning iqlim oʻzgarishiga moslashishi va uning iqlimga salbiy taʼsirini yumshatish, qurgʻoqchilik va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, yaylovlar bioxilmaxilligini saqlash (qayta tiklash), yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda sohaga keng joriy qilish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga Qishloq xoʻjaligi vazirligi masʼul etib belgilangan.
Qarorga muvofiq, qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish va sohaning iqlimga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha milliy dastur (Milliy dastur) ham tasdiqlandi. Shuningdek, iqlim oʻzgarishiga bogʻliq boʻlgan hududlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish Milliy dasturning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanadi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish hamda himoya oʻrmonlari barpo etish doirasida choʻl, togʻli va togʻ oldi hududlarda choʻllanish va qum koʻchishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya oʻrmonlari (ihota) barpo etiladi. Qoʻshimcha qilinishicha, dala chetlari, yaylovlar va ochiq yer maydonlarini madaniy ekinlar, butalar, galofitlar va choʻl oʻsimliklari bilan qoplashning foydali tomonlari toʻgʻrisida tashabbuskorlarga koʻrgazmali seminarlar tashkil qilinadi.
2024-yil yakunigacha qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishlarini monitoring qilish, hisobotini yuritish va tasdiqlash global tizimi doirasida milliy platforma joriy qilinadi. Shu bilan birga, “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida koʻrik-tanlov tashkil etiladi va uni respublikada ommalashtirish choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring