Prezident Pokiston Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisi Yusuf Rizo G‘iloniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar soni ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumlari va ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazilmoqda.
Yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning samarali ijrosini ta’minlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalaridagi ustuvor loyiha hamda dasturlarni jadallashtirish, shu jumladan Transafg‘on yo‘li qurilishini ilgari surish, shuningdek, hududlararo hamkorlik va gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring